<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Rabbim Iso Kelmoqda</title>
<lyrics>[V1]
 Zamon zayliga qarang,
 Inson mayliga qarang
 Bitar bitmagan yarang
 Rabbim Iso kelmoqda!

[V2]
 Shohlikka qarshi shohlik
 Ofatlardan ogohlik.
 Yerda qurib podshohlik
 Rabbim Iso kelmoqda!

[V3]
 Koʻzlarda yosh qolmaydi
 Hech bagʻritosh qolmaydi
 Egilgan bosh qolmaydi
 Rabbim Iso kelmoqda!

[V4]
 Koʻzingda chaqnar chaqin,
 Xudoning har Soʻzi chin.
 Qoldi juda ham yaqin
 Rabbim Iso kelmoqda!

[V5]
 Kutganlar quvnar bu kun
 Fosiqlarni bagʻri xun
 Bilmam erta yo bugun
 Rabbim Iso kelmoqda!

[V6]
 Keling Rabbim, najotim
 Sizla boqiy hayotim.
 Bu sogʻinchli bayotim
 Rabbim Iso kelmoqda!</lyrics>
<author>Ravshan Xizirov</author>
</song>